Bu «Real Madrid» klubining 2025-2026 mavsum uchun uy futbol formasi. An’anaviy oq rangdagi dizayn nafislik va minimalistik uslubni saqlab qolgan. Formada qora va oltin rangli chiziqlar ishlatilgan bo‘lib, ular jozibali va zamonaviy ko‘rinish beradi.
Ko‘krak qismida homiy Emirates’ning «Fly Better» shiori qora rangda yozilgan. Adidas logotipi va klub gerbi formaning old tomonida joylashgan. Yelkalardagi uch chiziq va yon tomonlardagi mayin detallarga e’tibor qaratilgan. Ushbu futbolka nafaqat maydonda, balki kundalik kiyim sifatida ham juda zamonaviy va qulay variant hisoblanadi.

